Bepul tahlil · kuniga 5 ta o'rin

AI haqida ko'p
ko'rdingiz. Endi
biznesingizga qo'yamiz.

Oyiga $3000 dan yuqori sof foyda qilayotgan tadbirkorlar bilan kuniga beshtadan gaplashamiz. Bir soat ichida biznesingizni birga ko'rib chiqamiz va qaysi ishni sun'iy intellekt bajara olishini aniqlaymiz. Tahlil uchun pul olinmaydi.

01 — Tanish holat

Bu sizga
tanishmi?

01

Video ko'p, natija yo'q

AI haqida o'nlab video ko'rasiz. Hammasi «kelajak keldi» deydi, lekin hech biri aynan sizning biznesingizga qanday qo'yishni ko'rsatmaydi.

02

Vaqt takrorlanadigan ishga ketadi

Buyurtmani daftarga yozish, hisobot yig'ish, bir xil savolga javob berish, xodimdan otchot so'rash. Bularning ko'pi bugun dastur qiladigan ish.

03

Odam ko'paysa — tartib kamayadi

Yangi xodim qo'shsangiz nazorat ham qo'shiladi. Bir joyda to'planmagan ma'lumot boshingizda saqlanadi.

02 — Suhbat, 1 soat

Bir soatda
nima qilamiz

Taqdimot ko'rsatmaymiz. Suhbatning hammasi sizning biznesingiz haqida bo'ladi.

01

Biznesingizni tinglaymiz

Qanday ishlaydi, pul qayerdan keladi, kim nima qiladi. Savol beramiz — ko'p savol.

02

Vaqt yeyayotgan jarayonlarni ajratamiz

Oyiga eng ko'p soatingizni oladigan uchta ishni topamiz va ularni raqamda ko'rsatamiz.

03

Qaysi biri AI bilan hal bo'lishini aytamiz

Qaysi biri hal bo'lmasligini ham aytamiz. Hamma ishni AI qilmaydi — buni yashirmaymiz.

04

Xarita chiqadi

Nimadan boshlash kerak, birinchi qadam nima, taxminan qancha vaqt ketadi. Yozib olasiz va o'zingizda qoladi.

03 — Ochiq gap

Nega
bepul

01

Bu bizning tanishuv usulimiz

Biz tizim quramiz — bot, panel, avtomat hisobot. Suhbatdan keyin birga ishlashni xohlasangiz, tizimni biz quramiz. Xohlamasangiz tahlil sizda qoladi va hech qanday majburiyat qolmaydi.

02

Kimga mos emas

Hali biznesi yo'q yoki faqat qiziqish uchun kelayotganlarga. Kunimizda atigi besh soat bor — uni ishlab turgan bizneslarga ajratamiz.

03

Va'da bermaymiz

Daromadingiz shuncha oshadi degan raqam aytmaymiz. Faqat nimani avtomatlashtirish mumkinligini va u qancha vaqt bo'shatishini ko'rsatamiz.

04 — Jadval

Vaqtingizni
tanlang

Har kuni 15:00 dan 20:00 gacha, har soatda bitta tadbirkor. Yakshanba dam. Hozir 29 ta bo'sh o'rin bor.

7-sentabr, dushanba · bugun 5 ta bo'sh
8-sentabr, seshanba 5 ta bo'sh
9-sentabr, chorshanba 4 ta bo'sh
10-sentabr, payshanba 5 ta bo'sh
11-sentabr, juma 5 ta bo'sh
12-sentabr, shanba 5 ta bo'sh

05 — Ro'yxatdan o'tish

O'zingiz
haqingizda

Avval yuqoridan soat tanlang

Suhbat vaqtini o'zgartirish kerak bo'lsa shu raqamga qo'ng'iroq qilamiz.

Aniq raqam so'ramaymiz — faqat daraja. Suhbat kimga mosligini shu bo'yicha aniqlaymiz.

Guruhda sizni shu nom bilan chaqiramiz. Bilmasangiz bo'sh qoldiring.

06 — Bron qilgandan keyin

Keyin nima
bo'ladi

01

Telegramda qisqa anketa

Bot biznesingiz haqida yettita savol beradi — ko'pi tugma bilan, ikki daqiqa oladi. Javoblaringizni suhbatdan oldin o'qiymiz, shunda bir soat tanishuvga emas, ishga ketadi.

02

Tadbirkorlar guruhi

Anketadan keyin guruh havolasi chiqadi. U yerda boshqa tadbirkorlar bor — tanishasiz, savol berasiz, tajriba almashasiz.

03

Bot eslatib boradi

Suhbatdan bir kun oldin tayyorgarlik savollari, bir soat oldin va o'n daqiqa oldin eslatma keladi.

04

Google Meet havolasi

Suhbatdan 10 daqiqa oldin guruhda chiqadi. Boshqa ilova o'rnatish, hech qayerga ro'yxatdan o'tish kerak emas.